Bu faslni tarannum etmagan san`atkor bo`lmasa kerak. Sababi go`zal tuyg`ularni o`zida mujassamlashtirgan bahor kirib kelishi barchamiz uchun haqiqiy ayyomga aylanadi.
Bir necha ymllik samarali ijodi bilan xalq nazarida bo`lgan xonanda Nilufar Usmonova ham ijodidagi uyg`onish fasliga atalgan taronani taqdim etmoqda! Hamisha qalbi bahor bo`lgan sho`x va shaddod xonanda Nilufar Usmonova yangi qo`shig`i ila qalblarga bahoriy kayfiyat ulashish istagida. So`nggi vaqtda Nilufar Usmonova Shuhrat Nuraliev bilan ijod qilayotganini uning muxlislari yaxshi bilishadi. Bu safar ham xonanda Shuhrat Nuraliev bilan hamkorlik qildi. Yangi "Xush kelding bahor" nomli qo`shiqning matni aynan shu ijodkorga tegishli. Musiqasini esa Malika Vahobova bastalagan bu qo`shiqni saytimiz orqali tinglab, bahramand bo`lishingiz mumkin.
Manba: popcorn.uz





