1

Mirjalol Qosimov yoshlarga master-klass o`tdi

Sport 04.03.2020, 15:47
Mirjalol Qosimov yoshlarga master-klass o`tdi

Respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatida O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Sport o`yinlari fakulteti “Futbol nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi bilan hamkorlikda 2019 yil 4 dekabrdagi “O`zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to`g`risida” Prezident Farmoni va unda belgilab berilgan maqsad-vazifalarning ijrosiga bag`ishlangan seminar tashkil etildi.

Unda o`zbek futboli ravnaqiga o`zlarining munosib ulushini qo`shgan va hozirda ham qo`shib kelayotgan futbolchi va trenerlar ishtirok etishdi. Seminarda mamlakatimizning XX asrdagi eng yaxshi futbolchilaridan biri, ayni paytda Olmaliqning AGMK jamoasida bosh murabbiy lavozimida faoliyat olib borayotgan Mirjalol Qosimov yoshlar bilan o`z hayotiy tajribalarini o`rtoqlashdi. Shuningdek, futbolimiz afsonasidan RIOZMIning umidli yoshlariga sovg`alar taqdim etildi.

Seminar davomida katta futbolga aynan shu maskan orqali kirib kelishgan taniqli futbolchilar, jumladan Ruslan Melziddinov, Aziz Ibragimov, Javohir Siddiqov, Akrom Komilov, Anvar G`ofurov, Shavkat Salomov kabi charm to`p ustalari yoshlarga master-klass o`tishdi. Qolaversa, ular RIOZMI tarbiyalanuvchilariga kerakli maslahatlar berib, o`z bilim va tajribalarini o`rtoqlashdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1