AsosiyShou-biznes

Shuhrat Abbosovdan yangi film: “Dilor, Dilor, Dil va or” (Er tafti)

Bugun, 24 mart  kuni poytaxtimizning Alisher Navoiy nomli kinoteatrida rejissyor Shuhrat Abbosov suratga olgan “Dilor, Dilor, Dil va or”, (ishchi nomi “Er tafti filmining maxsus taqdimoti bo`lib o`tdi. Ushbu taqdimotga  san`atshunos va kinoshunoslar, matbuot va televidenie xodimlari tashrif buyurishdi. 

Film taqdimotidan avval rejissyor Shuhrat Abbosovning hayot va ijod yo`liga nazar tashlaydigan  film namoyish etildi. Shundan so`ng rejissyorning navbatdagi ijodiy ishi bo`lmish “Dilor, dilor, dil va or”  filmi taqdim etildi. 

Film qahramoni qishloq farzandi Dilorom. U yosh bo`lishiga qaramasdan, ko`p vaqtini dalada o`tkazadi. O`tgan asrning saksoninchi yillarida “Paxta ishi” deb atalgan qatag`onda otasi qamalganidan so`ng, Dilorom daladagi ishlarni o`zi davom ettiradi. Mustaqillik yillaridan so`ng “Paxta ishi” qayta ko`rib chiqilib, tuhmat bilan qamalganlar oqlanadi. Ular orasida Diloromning otasi ham bor edi. Hukumat tashabbusi bilan qishloqda fermerlik harakati boshlanib, Dilorom ham fermer bo`lishga ahd qiladi. Harakatlari zoe ketmagan Dilorom nihoyat fermerga aylanadi va bor mehrini dalaga beradi. Muhabbatning ayriliq azoblari hamda og`ir mehnatni boshidan o`tkazgan Diloromning harakatlari zoe ketmaydi.

Sahnalashtiruvchi rejissyor: Shuhrat Abbosov, Nozim Abbosov.

Filmda xalqimiz boshiga tushgan musibatlar ishonarli, jonli tarzda ko`rsatib berilgan. Aktyorlar jamoasining to`g`ri tanlanganligi, o`tgan asrning saksoninchi yillari muhiti aniq-tiniq ko`rsatilgani bilan film tomoshabinni o`ziga sehrlab qo`yadi.

Rejissyorning mahorati sabab kino olamiga endigina qadam qo`yayotgan yosh aktyorlarning ham ijrosi ishonarli chiqqan.

Filmni tomosha qila turib, uning ustida haqiqiy professionallar, o`z ishining fidoyilari ishlaganini his qilasiz.

    Boshqa yangiliklar