XOQ koronavirus xavf solayotgan Olimpiya va Paralimpiya o`yinlari bo`yicha rasmiy bayonot bilan chiqdi

Sport 05.03.2020, 07:43
XOQ koronavirus xavf solayotgan Olimpiya va Paralimpiya o`yinlari bo`yicha rasmiy bayonot bilan chiqdi

Xabaringiz bor, Xitoy davlatida tarqala boshlagan koronavirusning yangi COVID-19 turi ayni kunlarda butun dunyo bo`ylab katta xavfni keltirib chiqarmoqda. Buning ortidan bir qancha xalqaro musobaqalarning o`tkazilishi ortga surilmoqda. Ayrimlari esa butunlay bekor qilindi.

O`z navbatida bu holat har to`rt yilda bir marta o`tkaziladigan eng nufuzli musobaqa Olimpiya o`yinlarining o`tkazilishini ham so`roq ostida qoldirmoqda edi. Ammo, Xalqaro Olimpiya qo`mitasi kecha rasmiy bayonot bilan chiqib, Yaponiya poytaxti Tokio shahri mezbonlik qiladigan XXXII yozgi Olimpiya hamda XVI Paralimpiya o`yinlari o`z belgilangan sanasida bo`lib o`tishini ma`lum qildi, deya xabar berdi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati.

Ma`lum qilinishicha, Xalqaro olimpiya qo`mitasi ijroiya qo`mitasi tomonidan koronavirus va uning yangi turi xavfi borasidagi muhokamalaridan so`ng musobaqalar o`z vaqtida o`tkazilishi to`g`risida qaror qabul qilingan.

Qarorda ta`kidlanishicha, barcha sportchilar to`rt yillikning eng yirik turniri uchun tayyorgarlikni davom ettirishlari mumkin.

XOQ ushbu qarorni ma`qullashda koronavirus tufayli yozgi Olimpiya va Paralimpiya o`yinlari o`tkazilmasligi borasidagi taxminlar paydo bo`lganidan so`ng qabul qilishga majbur bo`lgan.

Yaponiya rasmiylari bir necha bor Olimpiada uchun biron-bir xavf yo`qligini aytishgan. Kunchiqar yurtda ushbu musobaqalarga tayyorgarlik uchun 12 milliard dollardan ko`p mablag` sarflangani aytilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1