AsosiySport

Ronaldu “Barselona” bilan o`yindagi xatti-harakatlari uchun diskvalifikasiya qilinishi mumkin

Madridning “Real” klubi etakchisi Krishtianu Ronaldu 22 mart kuni “Barselona” bilan bo`lib o`tgan “El Klassiko”dagi ayrim nomaqbul harakatlari uchun diskvalifikasiya qilinishi ehtimoli bor, deya xabar beradi olamsport.com nashri.

O`sha o`yinda Ronaldu nafaqat o`z kiritgan goli, balki qo`l harakatlari bilan ham yodda qolgan edi.

Bu harakatlar kameralar nigohidan chetda qolmagan. O`nga yaqin holatda portugaliyalik futbolchi bunday harakatni amalga oshirgan. Ispaniya professional futbol ligasi Ronalduning bu harakatlarini o`rganib chiqadi. Aytilishicha, Krishtianuning bu harakatlari “El Klassiko”ni boshqarib borgan hakam Met Laosga qaratilgan.

Ispaniya professional futbol ligasi rahbari Xaver Tebas ushbu holatga o`z fikrini bildirib, Ronalduning bu harakatlari maxsus komissiya tomonidan o`rganib chiqilishi va shunga yarasha jazo belgilanishini ma`lum qildi.

 

    Boshqa yangiliklar