1

“O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan sport ustozi” ga malaka toifasi cheklanmagan muddatga beriladi

Sport 05.03.2020, 10:16
“O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan sport ustozi” ga malaka toifasi cheklanmagan muddatga beriladi

Hukumat qarori bilan Sport-ta`lim muassasalarining trener-o`qituvchilari va yo`riqchi-uslubchilariga malaka toifalarini berish bo`yicha davlat xizmatlari ko`rsatishning ma`muriy reglamenti tasdiqlandi. Bu haqda "Huquqiy axborot" kanali xabar berdi.

Unga ko`ra, davlat xizmati DXMlar yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YaIDXP) orqali Jismoniy tarbiya va sport vazirligi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan ko`rsatiladi.

Trener-o`qituvchilarga quyidagi malaka toifalari beriladi:

ikkinchi toifali trener;

birinchi toifali trener;

oliy toifali trener.

Yo`riqchi-uslubchilarga quyidagi malaka toifalari beriladi:

ikkinchi toifali yo`riqchi-uslubchi;

birinchi toifali yo`riqchi-uslubchi;

oliy toifali yo`riqchi-uslubchi.

Davlat xizmati ko`rsatilgani uchun quyidagi miqdorda to`lovlar undiriladi:

ariza ko`rib chiqish uchun – BHMning 10 foizi (22 300 so`m) miqdorida;

malaka komissiyasini o`tkazish uchun – BHMning 1 baravari (223 000 so`m) miqdorida.

Davlat xizmatini olish uchun YaIDXP orqali murojaat qilinganda ko`rsatilgan to`lovlar summasining 90 foizi undiriladi.

“O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan sport ustozi”, "Qoraqalpog`iston Respublikasida xizmat ko`rsatgan sport ustozi" unvoniga, jismoniy tarbiya va sport sohasida ilmiy darajaga ega bo`lgan shaxslar haq to`lashdan ozod etiladi.

Malaka toifalari 5 yil muddatga beriladi. 

“O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan sport ustozi” unvoniga ega bo`lgan shaxslarga malaka toifalari cheklanmagan muddatga beriladi.

Mazkur reglament "Xalqaro toifali trener" malaka toifasini berishga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1