1

Andijon viloyati hokimiga Otabek Umarov rahbar bo`ldi

Sport 05.03.2020, 18:30
Andijon viloyati hokimiga Otabek Umarov rahbar bo`ldi

Bugun, 5 mart kuni Andijon viloyat Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig`i O`tkirbek Toshpo`latov raislik qilgan yig`ilishga kun tartibidagi 3 ta masala O`zbekiston Aralash jang san`atlari assosiasiyasi Andijon viloyat bo`limining raxbari va ijrochi direktorni saylash, O`zbekiston Aralash jang san`atlari assosiasiyasi Andijon viloyat bo`limining yangi tarkibini tasdiqlash hamda viloyatda aralash jang san`atlari sport turining ommaviyligini oshirish masalalar ko`rib chiqildi. Bu haqda viloyat hokimligi Matbuot xizmati ma`lum qildi

Konferensiyada raislik qiluvchi O`tkirbek Toshpo`latov tomonidan O`zbekiston aralash jang san`atlari assosiasiyasi Andijon viloyat bo`limi rahbari lavozimiga, viloyatda sport taraqqiyotiga juda katta hissa qo`shib kelayotgan, hurmatli viloyatimiz hokimi Abduraxmonov Shuhratbek Qo`shaqboevichni nomzodini ovozga qo`ydi.

Abduraxmonov Shuhratbek Qo`shaqboevichni nomzodi delegatlar tomonidan ochiq ovoz berish yo`li bilan bir ovozdan ma`qullanib, O`zbekiston aralash jang san`atlari assosiasiyasi Andijon viloyat bo`limi rahbari lavozimiga saylandi.

Assosiasiyaga ijro direktor etib, To`ychiev Nozimjon hamda O`zbekiston Aralash jang san`atlari assosiasiyasi Andijon viloyat bo`limining yangi tarkibi konfirensiya ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan tasdiqlandi. 

Shuningdek,  viloyat hokimi Abduraxmonov Shuhratbek Qo`shaqboevich joriy yilning 13-16 mart kunlari Toshkent shahrida tashkil etiladigan O`zbekiston chempionatida munosib ishtirok etib viloyatimiz sharafini himoya qilishda sportchilarimizga omad va zafarlar tiladi.

Eslatib o`tamiz, 2019 yil 23 oktyabrda O`zbekistonda yangi — aralash jang san`ati federasiyasi tashkil qilinib, unga Otabek Umarov prezident etib tayinlangan edi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1