1

Endi O`zbekistondagi 112 ta OTM tegishli sport turlariga ixtisoslashtiriladi

Sport 05.03.2020, 20:19
Endi O`zbekistondagi 112 ta OTM tegishli sport turlariga ixtisoslashtiriladi

“Sport turlari bo`yicha terma jamoalar tarkibiga sportchilarni saralab olish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida” Hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, hududlarning o`ziga xos xususiyatlari, aholining qiziqishlari va xohish-istaklaridan kelib chiqib, maktablar, OTMlar kamida bittadan ustuvor, istiqbolli, rivojlanayotgan, shu jumladan, milliy sport turlariga ixtisoslashtiriladi.

Shunga ko`ra, respublika bo`yicha 112 ta OTM, tegishli sport turlariga ixtisoslashtiriladi.

Qaror bilan shuningdek, Sport turlari bo`yicha sportchilarni saralash va tayyorlash tartibi to`g`risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko`ra, sportchilarni tanlash jarayoni quyidagi bosqichlarga bo`linadi: 

1-bosqich. Bolalar va o`smirlarni dastlabki (birlamchi) tanlash;

2-bosqich. Tanlangan sport turi bo`yicha ixtisoslashish talablariga jalb qilingan kontingentni talab darajasida chuqur tekshirish;

3-bosqich. Sportga yo`naltirish;

4-bosqich. Terma jamoalarga saralash.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1