AsosiyShou-biznes

O`zbekistonlik rejissyor Gollivudda film ishladi

O`zbekistonlik rejissyor Bahodir Yo`ldoshev Russian Chicago jurnaliga intervyu berdi. O`z intervyusida u yaqinda katta ekranlarga chiqadigan “Angel of death” nomli birinchi loyihasi haqida gapirib bergan, deb xabar beradi Kun.uz nashri.

Kartinada o`zbekistonlik va rossiyalik aktyorlar ishtirok etishi ma`lum qilingan. Bosh rolni aktyor Igor Savochkin ijro etadi. Film syujeti maxsus xizmat otryadi boshlig`ining giyohvand moddalar savdosi bilan shug`ullanadigan guruhga qarshi kurashiga asoslanadi.

Suratga olish ishlari Los-Anjeles, San-Diego, Samarqand va Toshkent shaharlarida olib borilgan. Film byudjeti 3 mln dollarga teng.

Shuningdek, filmda bir qator Gollivud aktyorlari, jumladan, taniqli aktyor Armand Assante ishtirok etgani aytilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar