AsosiyShou-biznes

Nikolay Baskov sahna kiyimlarini saqlash uchun ijaraga uy oldi

Nikolay Baskov Rossiyada eng jozibador erkak xonanda sifatida mashxur.

U har bir chiqishi uchun alohida libos kiyadi. Aytish kerakki, uning kostyumlari juda ko`p.

Buning ustiga u boshqalar kiyishga “qo`rqadigan” yoki “jur`at qila olmaydigan” kostyumlar kolleksiyasiga ega.

Turli toshlar, temir taqimlar , gullar va naqshlar bilan bezatilgan kostyumlari doim omma, muxlislar va dizaynerlar tomonidan muxokama qilinadi.

Jarangdor va go`zal ovoziga qo`shimcha tarzda kiyadigan liboslari alohida buyurtma asosida tiktiriladi.

Buni qarangki, yaqin kunlarda Nikolay Baskov sahnada kiyib chiqqan kostyumlarini saqlash uchun ijaraga uy olgani haqida realty.vesti.ru nashri xabar berdi.

Shu kungacha u kiygan liboslar kolleksiyasi 250 eksponatdan iborat.

Ular orasida xonanda uchun qadrli bo`lgan, uning ilk konsert dasturida kiygan kiygan kostyumlari ham o`rin olgan.

Ma`lumotda aytilishicha, kostyumlar uyning ko`p qismini band qilgach, Baskov ularni saqlash uchun ijaraga uy olishga qaror qilgan.

Kostyumlar kolleksiyasining umumiy bahosi 25 million rubl atrofida, deb baholanmoqda. 

    Boshqa yangiliklar