AsosiyShou-biznes

Shahzodadan xalqaro premerani qarshi oling (video)

Estradamizning maftunkor xonandasi Shahzoda bugun barcha uchun yangi qo`shiqni taqdim etdi. Kuni kecha ma`lum qilganimizdek, Shahzoda xalqaro loyihani taqdim etmoqda, deb xabar beradi popcorn.uz nashri.

Bir necha yillar avval “Akcent” guruhi bilan hamkorlikda yaratilgan “All alone” taronasi ko`plab xalqaro xit-paradlarda ham etakchilik qilgan. Aynan shu guruhning sobiq a`zosi Gruia Mihai  va Dorian Oswin muallifligi ostida yangi qo`shiq yaratildi. Ijrochisi esa Shahzodadir. 

Buxarestning “Mango records” kompaniyasi taklifi bilan yozilgan bu qo`shiq orqali Shahzodaning muxlislari soni Evropada ham, boshqa chet mamlakatlarda ham yanada oshishi shubhasiz. “Mon cheri” (“Moy dorogoy”) deya nomlangan qo`shiq “O`zbegim Taronasi” radiosi orqali ilk bora jarang sochib, juda ko`p sonli muxlislarning olqishlariga sazovor bo`la oldi. 

Fransuz tilida kuylangan varianti, shuningdek ingliz tilida ham mukammal ravishda kuylangan qo`shiqning xalqaro premerasi ham katta olqishlar bilan kutib olindi. 

Bugun saytimiz orqlai mazkur tarona uchun ishlangan videoklipni ham eksklyuziv ravishda e`tiboringizga havola etamiz. Timur Primqulov tomonidan suratga olingan klip noodatiy va o`zgacha tasvirlari bilan muxlislar qalbidan joy olsa, ajab emas. Uzoq kutilgan va katta shov-shuvlarga sabab bo`ladigan klipni qarshi oling! 

    Boshqa yangiliklar