Fransiya Milliy Assambleyasining ikkinchi a`zosi koronavirusni yuqtirib oldi va kasalxonaga yotqizildi. Yana besh nafar deputat ushbu kasallikda gumonlanib tekshiruvdan o`tmoqda, deya xabar berdi tarjimon.uz .
Kasallikka chalingan ikki nafar Assambleya a`zolarining ismi oshkor qilinmagan. Ammo Elzasning sharqiy mintaqasidagi mahalliy OAV ulardan biri Jan-Lyuk Reiser ekanligi haqida xabar tarqatdi.
Fransiya bo`ylab bo`lib o`tayotgan saylovlar sababli Assambleya quyi palatasidagi majlislar 9 martdan 22 martgacha to`xtatiladi. Shu munosabat bilan parlament binosidagi faoliyat qisqaradi va u erda ishlovchi odamlar soni kamaytiriladi.
Avvalroq, Fransiya sog`liqni saqlash vazirligi koronavirusdan yana ikki kishi vafot etganini ma`lum qilgandi. Bu bilan mamlakatda koronavirusdan halok bo`laganlar soni 11 kishiga etdi. Hozirda Fransiyada 716 nafar kishida koronavirus borligi aniqlangan.






