AsosiyDunyo

Qozondagi qurilishda yuqori qavatdan ikki o`zbekistonlik tushib ketdi

'Qozondagi qurilishda yuqori qavatdan ikki o`zbekistonlik tushib ketdi'ning rasmi

Qozon shahrida 5 mart kuni «ART Siti» qurilish ishlarida 5 avatga ko`tarilgan aravacha trosti uzilib ketdi. Unda 5 nafar quruvchi bor edi.


 Manbalarning xabar berishicha qurilish aravachasidagi ishchilar beshinchi qavatda ta`mirlash ishlarini olib borayotgan bo`lgan. Baxtsiz hodisada 27 yoshli o`zbekistonlik va Almetevsk fuqarosi voqea joyida halok bo`lgan. Yana bir o`zbekistonlik quruvchi shifoxonada vafot etgan. Yana ikki nafar jabrlanganlar Totariston fuqarolari bo`lganligi aytilmoqda. Ular hozirda shifoxonada bo`lib, ahvoli o`rtacha og`irlikdaligi qayd etilmoqda. Ulardan biri baxtsiz hodisa vaqtida trostga osilishga ulgurgan va beshinchi qavat derazasiga etib, o`zi pastga tushgan.

Holat yuzasidan jinoiy ish ochilgan. Qurilish ishlari jarayonida xavfsizlikni ta`minlashda mas`ul bo`lgan qurilish korxonasi rahbari 39 yoshli ayol bu voqeada aybdorligini tan olmayapti.

Boshqa yangiliklar