AsosiyDunyo

Saudiya Arabistonining shahzodalari davlatga xiyonatda ayblanib, hibsga olindi

'Saudiya Arabistonining shahzodalari davlatga xiyonatda ayblanib, hibsga olindi'ning rasmi

Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdul Aziz Ol Saudning ukasi va ikki jiyani davlatga xiyonatda ayblanib hibsga olindi. Livanning Al-Akhbar gazetasiga tayanib,  xabar berilishicha, shahzodalar Ahmad bin Abdul Aziz, Muhammad bin Naif va uning ukasi Navvof bin Naif o`lim jazosiga yoki bir umrlik qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.

Ular qirollik saroyi qo`riqlash xizmati tomonidan ushlangan, ularning uylarida tintuv o`tkazilgan.

“Qirolning ukasi Ahmad va shahzodalar Muhammad hamda Navvofning qaerda ekanligi noma`lum“, — deb yozadi Al-Akhbar.

Saudiya Arabistonining merosxo`r shahzodasi rahbarligidagi korrupsiyaga qarshi kurashish bo`yicha oliy qo`mita 2017 yil noyabrda Ar-Riyodda qirollik oilasining o`nlab a`zolari, davlat xizmatchilari va tadbirkorlarni moliyaviy hamda lavozimiy jinoyatlarda ayblab hibsga olgandi. Ayblanuvchilarning deyarli barchasi etkazilgan zararni qoplash uchun o`z aktivlarining bir qismini davlatga berishga rozi bo`lgan.

    Boshqa yangiliklar