Taniqli yulduzlar orasida o`ziga xos imidji va ijro yo`nalishi bilan ajralib turuvchi Manzura doim kutilmagan yangiliklar bilan barchani hushnud etishdan tolmaydi. Uning har bir ijod mahsulida, qo`shiqlari-yu, videokliplarida o`ziga xoslik sezilib turadi. Bugun “O`zbegim taronasi” radiosi orqali premera etilgan qo`shiq aslida xonandaning bir necha yillar avval ommaga taqdim etilgan va xit darajasiga ko`tarilgan “Seni-seni” taronasi bo`lib, Manzuraning ijodidan muhim o`rin egallagan qo`shiqlaridan biri hisoblanadi.
Aytib o`tish joiz mazkur taronani taniqli ijodkor Jasur Badalboev qayta aranjirovka qilgan. FM 101.0 to`lqini orqali jarang sochgan bu qo`shiqni tinglagan xonandaning muxlislari darhol studiyaga qo`ng`iroq qilib, qayta sayqallangan tarona ularga manzur kelgani haqida iliq fikrlar bildirishdi.
Manzura bugungi kunda ko`proq vaqtini ijodga bag`ishlagan va tez kunlarda kutilmagan sovg`alarni taqdim etish istagida. Bular haqida hozircha ma`lumot berishdan tortinib, hammasi sir bo`lishini istayotgan xonandaga muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Manba: popcorn.uz