Italiya koronavirus infeksiyasidan o`lish ko`rsatkichi bo`yicha dunyoda birinchi o`rinda turibdi. Ushbu davlatda kasallikni yuqtirgan har 20-kishidan biri (4,96%) hayotdan ko`z yummoqda, deya yozdi platforma.uz
Undan keyingi o`rinni Xitoy (3,83%), uchinchi pog`onani esa Eron (2,96%) egallab turibdi.
Jon Xopkins universitetining eng so`nggi ma`lumotiga ko`ra, dunyoda mazkur infeksiyani 109 ming kishi yuqtirgan. Ulardan 80,6 mingtasi Xitoyda. Koronavirus tufayli jahon bo`yicha 3799 kishi qurbon bo`lgan, 60,6 ming odam tuzalgan.
Koronavirusni yuqtirish holati bo`yicha Italiya dunyoda ikkinchi o`rinda turibdi. Mamlakatda 7375 kishi kasallikka chalingan. Ulardan 366 ta holat o`lim bilan yakunlangan bo`lsa, 622 kishi sog`ayib ketgan.






