AsosiyDunyo

Koronavirus bilan kasallanganlar 107 200 nafarga etdi

'Koronavirus bilan kasallanganlar 107 200 nafarga etdi'ning rasmi

Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti yangi koronavirus tarqalgan mamlakatlar soni 100 ga etganini bildirmoqda, deb yozmoqda “Amerika ovozi” nashri. Unga ko`ra, Xitoydan keyin eng ko`p o`lim hollari Italiyada qayd etilgan – 233 ta. Bu mamlakatning 16 million aholi yashovchi shimoliy qismida karantin e`lon qilindi.

Bu degani, Italiya iqtisodiyotini tebratuvchi Lombardiya regioni va uning markazi Milanda kuchli cheklovlar joriy etilgan va 3-aprelgacha davom etadi. Evropada virus o`chog`i bo`lib qolayotgan Italiyada kasallanganlar soni 6000 ga yaqinlashmoqda.

Mamlakat bo`ylab muzey, teatr, kinoteatr, tungi klub va boshqa dam olish maskanlari yopiladi. Nafaqadagi shikoforlardan xizmatga qaytib, kasallarni davolashda ko`maklashish so`ralmoqda.

Jahon sog`liqni saqlash tashkilotiga ko`ra, koronavirus keltirib chiqaruvchi COVID-19 infeksiyasini yuqtirganlar dunyo bo`ylab 107 200 ga etgan.

Epidemik vaziyat o`ta og`ir mamlakatlardan biri Eronda o`lganlar 194, kasallanganlar 6655 nafarni tashkil etmoqda. Ular orasida parlamentning 20 dan oshiq a`zolari va yuqori lavozimdagi rasmiylar ham bor. 24 soatda 49 kishi vafot etgan. Janubiy Koreyada esa kasallanganlar 7300 dan oshgan.

Xitoyning Guanjou viloyatida COVID-19 bemorlarini karantinda saqlash uchun ishlatilayotgan mehmonxona qulashi oqibatida olti kishi halok bo`lgan.

AQShda 29-fevralda atigi bir bemor qayd etilgan Qo`shma Shtatlarda hozirda ularning soni 400 dan oshdi, 19 kishi olamdan o`tgan. Ilk kasallik holatlari Vashington shtatidagi qariyalar uyida topilgan edi.

Kuni-kecha Vermont, Missuri, Virjiniya va poytaxt Vashingtonda ham COVID-19 ilk bor qayd etildi. San-Fransisko sohillarida 3500 yo`lovchini olib ketayotgan kruiz kemasida ham 21 kishida virus aniqlangan.

Prezident Donald Tramp yo`lovchilarni kemada ushlab turgan ma`qul deyishiga qaramasdan, ularni 9-mart kuni tushirib, karantinga olishga qaror qilingan.

    Boshqa yangiliklar