1

Ammandan xushxabar: Lisenziyalar soni yana bittaga ortdi

Sport 09.03.2020, 16:43
Ammandan xushxabar: Lisenziyalar soni yana bittaga ortdi

To`rt yillikning eng nufuzli musobaqasi bo`lgan Olimpiya o`yinlari uchun yo`llanma beruvchi boks bo`yicha lisenzion turnir o`zining qizg`in pallasiga kirib ulgurdi. 

Iordaniya poytaxti Amman shahrida o`tkazilayotgan, Osiyo va Okeaniya mintaqasi uchun yo`llanma beruvchi mazkur musobaqada bugun chorak final bahslari davom ettirilmoqda. Ahamiyatli tomoni shundaki, bugun yana bir hamyurtimiz -52 kg vazn toifasida ringga ko`tarilgan charm qo`lqop ustasi Shahobiddin Zoirov kvalifikasion turnirning chorak final bahsida eronlik raqibi Omid Ahmadisafa ustidan g`alaba qozondi. 

Hamyurtimiz uch raund davomida to`liq ustunlikni o`zida saqlab qolgan holda eronlik bokschini 5:0 hisobida taslim eta oldi. Amaldagi Olimpiya va Jahon chempioni hisoblanmish Zoirov endi ushbu turnirning yarim finalida tailandlik Thitisan Panmot bilan jang qiladi.

Eslatib o`tamiz, kecha o`tkazilgan bir qator janglar natijasiga ko`ra, 3 nafar bokschimiz Olimpiada yo`llanmalarini naqd qilishgan edi. Ular +91 kg vaznda Bahodir Jalolov, -91 kg vaznda Sanjar Tursunov va -69 kg vaznda Bobousmon Baturovlar Tokio uchun chipta sohibiga aylandi.

Shuningdek, bugun yana to`rt nafar bokschimiz Tokio-2020 Olimpiya o`yinlari yo`llanmasi uchun jangga kirishadi. E`tiborlisi, ular orasida ikki nafar qizlarimiz ham bor. Umid qilamizki, vakillarimiz o`zlariga bildirilgan ishonchni to`liq oqlagan holda g`alabalarni qo`lga kiritadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1