1

Tolyattida avtobus haydovchisi yo`lda vafot etdi

Dunyo 26.03.2015, 16:23
Tolyattida avtobus haydovchisi yo`lda vafot etdi

24 mart kuni Tolyatti shahrida yo`lovchi avtobusini boshqarib ketayotgan 59 yoshli haydovchi, rul ustida kutilmaganda vafot etdi.

“Ikarus” avtobusi ichida 25 dan ortiq yo`lovchilar bor edi. Guvohlarning fikrlariga ko`ra, u hech narsadan shikoyat qilmagan. Biroq kutilmaganda avtobusning tormoz moslamasi bosilib, odamlar chayqalib ketishgan. Yo`lovchilar ham, yo`lni kesib o`tayotgan piyodalarga ham zarar etmagan. Atrofdagilar unga birinchi yordamni ko`rsatishga urunishgan, tez tibbiyo yordam xizmati chaqirilgan, biroq haydovchining joni uzilgani ma`lum bo`lgan. Ekspertiza natijalariga ko`ra, haydovchi tanasidagi katta tomrlardan biri uzilib ketgan va bu uning o`limiga olib kelgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1