Misrda qazilma ishlarini olib borayotgan ispan arxeologlari tiriklik vaqtida ko`krak saratoni bilan og`rigan ayol kishining skeleti qoldiqlarini topishdi, deya xabar beradi lenta.ru.
Ma`lumotlarga ko`ra, bu ayol bundan taxminan 4 200 yil avval yashagan. Suyakdagi o`zgarishlar tufayli olimlar uning ko`krak saratoni bilan og`riganini aniqlashgan.
Olimlar shuningdek, bu ayolni uning yaqinlari yaxshi parvarish qilganliklari haqidagi tahminni ham aytishmoqda. Chunki ko`krak atrofidagi suyaklardan ayolning saratonning oxirgi bosqichlari bilan og`rigani bu esa kuchli og`riqlarni keltirib chiqarganini aytishmoqda. Garchi shunday og`riqlar bilan bo`lsa-da, ayol keksalikkacha yashagani ularni hayratlantirgan.