1

Jahon chempionligidan Olimpiya chempionligiga harakat boshlandi

Sport 10.03.2020, 10:08
Jahon chempionligidan Olimpiya chempionligiga harakat boshlandi

Xabaringiz bor, shu kunlarda Iordaniya poytaxti Amman shahrida Osiyo va Okeaniya mintaqasi uchun boks bo`yicha Tokio-2020 Olimpiya o`yinlari yo`llanmalari masalasi hal etilmoqda.

Bu haqda xabar berib kelmoqdamiz:

Tokio Olimpiadasi sari ikkita yo`llanma qo`lga kiritildi. Yana uchtasi hal etilishi kerak

Ammandan xushxabar: Lisenziyalar soni yana bittaga ortdi

Ammandagi chorak final bahslari bokschilarimiz uchun omadli kechmoqda

Kecha turnirning chorak final bahslari o`z yakuniga etdi. Yo`llanmalar uchun jang olib borgan hamyurtlarimizdan eng so`nggi bo`lib ringga ko`tarilgan -57 kg vaznda amaldagi jahon chempioni Mirazizbek Mirzahalilov gonkonglik Sing Yu Soga qarshi jang qildi va 5:0 hisobida g`alaba qozondi. Bu bokschilarimiz tomonidan qo`lga kiritilgan 6 yo`llanmaga aylandi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Eslatib o`tamiz, musobaqaning chorak final bahslarida ishtirok etgan uch nafar qizlarimiz janglarda omadsizlikka uchrashdi.

Bugun, 10 mart kuni ushbu lisenzion musobaqa doirasida olti nafar o`zbekistonlik charm qo`lqop ustalari yarim final janglarida o`z ishtirokini boshlashdi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1