AsosiyShou-biznes

27 aprel kuni Toshkentda retro-avtomobillar ko`rgazmasi o`tkaziladi

Joriy yil 27 aprel kuni o`tkaziladigan “Hordiq dunyosi – 2015” uchinchi xalqaro o`zbek sayyohlik ko`rgazmasi doirasida retro avtomobillar ko`rgazmasi tashkil etiladi. Bu haqda Uzbekistan Today axborot agentligi xabar beradi.

Unda 60 yil muqaddam ishlab chiqarilgan 20 dan ziyod avtomobil namoyish etiladi. Ko`rgazmaga qo`yiladigan avtoulovlarning hammasi qayta ta`mirlangan bo`lib, hatto ayrimlaridan foydalanish ham mumkin. Ko`rgazmaga kelganlar retro-avtoulovlarni tomosha qilishlari barobarida estalik uchun suratga tushishlari, ularni boshqarib ko`rishlari ham mumkin.

U Toshkentdagi “O`zekspomarkaz” markaziy ko`rgazmalar zalida soat 10:00 da boshlanib, 18:00 gacha davom etadi. Ko`rgazma tashkilotchisi “RETRO UZ avtomobilchilar klubi”dir.

    Boshqa yangiliklar