AsosiyDunyo

Pentagon rahbari koronavirus tufayli O`zbekistonga kelmaydigan bo`ldi

'Pentagon rahbari koronavirus tufayli O`zbekistonga kelmaydigan bo`ldi'ning rasmi

AQSh mudofaa vaziri Mark Esper koronavirus tufayli Hindiston, O`zbekiston va Pokistonga tashriflarini bekor qildi. Bu haqda Pentagon vakili Alissa Fara o`zining Twitter’dagi sahifasi orqali ma`lum qildi.

"Ehtiyot chorasi sifatida mudofaa vaziri Esper Hindiston, O`zbekiston va Pokistonga safarlarini keyinga qoldirishga, AQShda qolishga va Mudofaa vazirligiga koronavirusga qarshi kurashda yordam berishga qaror qildi", — deb yozadi Fara.

Eslatib o`tamiz, fevral oyining boshida AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo to`rt kun ichida u to`rt davlatga, shu jumladan, O`zbekistonga tashrif buyurdi.

Pompeoning tashrifidan bir necha kun o`tgach, Davlat departamenti Vashingtonning Markaziy Osiyo respublikalari bilan munosabatlarini bayon etuvchi hujjatni e`lon qildi. Shuningdek, AQSh davlat kotibi tashrifidan so`ng O`zbekiston koronavirusga qarshi turishga tayyor emasligini aytgan edi.

Avvalroq, sog`liqni saqlash vaziri O`zbekistonda hozircha yirik ichki tadbirlarni bekor qilishga asos yo`qligi haqida ma`lum qilgandi.

    Boshqa yangiliklar