10 martdagi Eron sog`liqni saqlash vazirligi vakili Kianoush Jahanpourning bergan bayonotiga ko`ra, Eronda koronavirus yana 54 kishini hayotdan olib ketdi. Bu haqda tarjimon sayti yozmoqda.
Bu bilan Islom respublikasida qurbonlarning umumiy soni 291 kishiga etdi. Virusni yuqtirib olganlar esa 8,042 kishini tashkil qilmoqda. Xozirda Yaqin Sharq bo`yicha 8,600 dan ortiq odamda virus aniqlangan. Eron Yaqin Sharqdagi koronavirusdan eng ko`p zarar ko`rgan mamlakatdir. Bu mamlakatda kasallanganlarga nisbatan o`lganlar soni unchalik yuqori emas.






