1

Sog`liqni saqlash vazirligi: Spirtli ichimliklar koronavirusdan saqlay olmaydi

Salomatlik 11.03.2020, 18:32
Teglar: salomatlik, alkogol. koronavirus
Sog`liqni saqlash vazirligi: Spirtli ichimliklar koronavirusdan saqlay olmaydi

Dunyoda koronavirus infeksiyasi (COVID-19) bo`yicha epidemik vaziyatdan kelib chiqqan holda mamlakatimizda ushbu infeksiyaning kirib kelishi va uning oldini olish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda. Jumladan, Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan bu borada aholining sanitariya-gigiena qoidalariga amal qilishi va profilaktik choralar ko`rish borasida sms xabarnomalar yo`llash tizimi yo`lga qo`yildi. 

Ularda asosan, qo`llarni tez-tez yaxshilab yuvish, shamollagan odamlar bilan muloqot qilmaslik, yuzni qo`l bilan ushlamaslik, jamoat joylarga borishni kamaytirish, yo`talganda va aksirganda og`iz va burunni yopish kabi oddiy, ammo muhim gigienik qoidalar berib borilmoqda.

Afsuski, ushbu sms xabarlarni noto`g`ri talqin qilish, mazmunini sun`iy ravishda o`zgartirib berish orqali aholi orasida vahima uyg`otayotganlar ham uchramoqda. Jumladan, ijtimoiy tarmoqlarda vazirlik nomidan “koronavirusdan saqlanish uchun alkogol mahsulotlarini tez-tez iste`mol qilish lozim” mazmunidagi xabarlar mutlaqo yolg`on va Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan bunday sms xabar yuborilmagan. Mutaxassislarning yakdil xulosasiga ko`ra, alkogol mahsulotlarini iste`mol qilish koronavirus infeksiyasidan saqlay olmaydi.

Eslatib o`tamiz, ayni paytga qadar mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi bilan bog`liq birorta holat qayd etilmagan. Shu o`rinda Sog`liqni saqlash vazirligi yana bir bor aholidan ortiqcha sarosimaga tushmagan holda shaxsiy gigiena qoidalariga qat`iy rioya qilishlarini so`rab qoladi.

Sog`liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1