Eronning Xuzestan provinsiyasida koronavirusdan himoyalanish maqsadida qo`lbola aroq ichib zaharlangan fuqarolardan 36 nafari vafot etdi, deya xabar berdi «IRIB» teleradiokorporasiyasi.
Ta`kidlanishicha, so`nggi kunlarda alkogoldan zaharlangan 170 kishi shifoxonaga murojaat qilgan. Halok bo`lganlarning o`rtacha yoshi 30-31 yoshni tashkil etmoqda.
Bundan tashqari, dushanba kuni Alborz provinsiyasi prokuraturasi Tehron yaqinida etti kishi metil spirtidan zaharlanib hayotdan ko`z yumganini ma`lum qilgandi. Unga ko`ra, halok bo`lganlar internet orqali metanol koronavirusga qarshi dori sifatida yordam beradi, degan feyk xabarlarga ishongan.