1

SSV Toshkentdagi 16-kasalxonada koronavirus bemorlari borligi haqidagi xabarga oydinlik kiritdi

Salomatlik 11.03.2020, 19:42
Teglar: koronavirus, SSV
SSV Toshkentdagi 16-kasalxonada koronavirus bemorlari borligi haqidagi xabarga oydinlik kiritdi

Ijtimoiy tarmoqlarda audioxabar tarqalgan edi. Unda aytilishicha, Respublika shoshilinch tez-tibbiy yordam ilmiy markazi, ya`ni 16-shahar shifoxonasiga koronovirus yuqtirib olgan ikki bemor keltirilgan. Bu xabarga Sog`liqni saqlash vazirligi munosabat bildirdi.

"Poytaxtimizdagi “16-shahar shifoxonasi”da koronavirusga chalingan bemorlar borligi haqidagi xabarlar asossiz va mutlaqo yolg`on. Bu haqda kecha Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligida mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi (COVID-19)ning profilaktikasi va uning kirib kelishining oldini olish masalalariga bag`ishlangan matbuot anjumanida ham vazirlik rahbariyati bilan bir qatorda xalqaro ekspertlar ham ma`lumot berdi.

Shu o`rinda ta`kidlash joizki, dunyodagi epidemik vaziyatdan kelib chiqqan holda mamlakatimizda koronavirus infeksiyasining kirib kelishi va uning oldini olish borasida barcha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda, nazorat kuchaytirilmoqda. Sog`liqni saqlash vazirligi va Sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi agentligi huzurida 24 soat davomida uzluksiz faoliyat ko`rsatuvchi shtab ish olib bormoqda. Ayni paytga qadar mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi bilan bog`liq biron bir holat aniqlanmadi.

Sog`liqni saqlash vazirligi yana bir bor har bir fuqarodan noto`g`ri, vahimali va asoslanmagan ma`lumotlarga ishonmasliklarini so`rab qoladi".

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1