Chorshanba kuni Vladimir Putinning 2024 yilda yana prezidentlikka saylanishiga imkon beradigan konstitusiyaviy o`zgarishlar Rossiya parlamentining ikkala palatasida ham qo`llab-quvvatlandi. Bu haqda tarjimon sayti yozmoqda.
Parlamentning 450 o`rinli quyi palatasida 383 nafar deputat Vladimir Putinning prezidentlik muddatini tiklashni qo`llab-quvvatladi. Hech kim bunga qarshi ovoz bermadi va 43 nafar deputat betaraf qoldi. Bundan bir necha soat o`tgach parlamentning 170 o`rinli yuqori palatasining 160 nafar a`zosi bu o`zgartirishga “ha” deb javob bergan bo`lsa, bir kishi bunga qarshi chiqdi hamda 3 kishi betaraf qoldi.
Yigirma yildan beri Rossiya siyosatini prezident yoki bosh vazir sifatida boshqarib kelayotgan 67 yoshli Putin 10 mart kuni parlamentning quyi palatasida dramatik chiqish qilib, prezidentlikka qo`yiladigan muddatning cheklanishi hozirgi inqiroz davrida ahamiyatsiz ekanligini ta`kidlagandi.
Agar Putinning tanqidchilari kutganidek, bu o`zgarishlarga hududiy parlamentlar va konstitutsion sudlar ham rozi bo`lsalar hamda aprel oyida bo`lib o`tadigan umumxalq referendumida bu o`zgarish qo`llab-quvvatlansa, Putin 2024 yilda yana prezidentlikka saylanish imkoniga ega bo`ladi. Bu bilan Vladimir Vladimirovich 6 yildan 2 marta prezidentlikka saylanishi mumkin.
Agar voqealar rivoji shu zaylda davom etsa, Putin Rossiyani 2036 yilgacha boshqaradi. O`shanda u 36 yil davomida hukumat tepasida qolgan bo`ladi. Bu bilan Putin uzoq vaqt hukmronlik qilish bo`yicha Sobiq Sovet Ittifoqi rahbari Stalindan o`zib ketadi. Lekin, Rossiya tarixida 43 yil mamlakatni boshqargan Buyuk podshoh Pyotr (1672 – 1725) eng uzoq muddatli hukmron hisoblanadi.