Qozog`iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jo`mart Toqaev telegrammdagi rasmiy sahifasi da koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida mamlakatda barcha ommaviy tadbirlarni o`tkazish taqiqlanganini ma`lum qildi.
Shuningdek mamlakat OAVlarida ma`lum qilinishicha, o`rta ta`lim muassasalari uchun ta`tilga erta chiqish 2020 yil 16 martdan 5 aprelgacha davom etadi. 16 martdan boshlab oliy ta`lim muassasalarida masofaviy o`qishga o`tiladi. 13 martdan boshlab esa yuqumli kasalliklarning oldini olish maqsadida ommaviy tadbirlarni - bayram, sport, ko`ngilochar va madaniy tadbirlar, konferensiyalar, seminarlar, ko`rgazmalar hamda boshqa tadbirlarni o`tkazish taqiqlandi.
Ayni paytda O`zbekistonda ham Navro`z umumxalq bayrami o`tkazilishi xususida muhokamalar ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama etilmoqda. Biroq, hozircha, bu borada mamlakatimizda biror rasmiy ko`rsatma bo`lgani yo`q. Bayram tadbiriga tayrgarlik jarayonlari hamon bo`layotgani aytilmoqda.