Toshkent Fotosuratlar uyida Xalqaro teatr kuniga bag`ishlab “Mening teatrim” deb nomlangan ko`rgazma tashkil etildi. Bu haqda O`zA xabar beradi.
Ko`rgazmada iqtidorli fotoijodkor Rahmonbek Islomovning ishlari namoyish etilmoqda. Bugungi sahna san`ati, repetisiya jarayoni, rejissura, sahna orti hayoti va aktyorlik mahoratiga bag`ishlangan ko`plab fotoasarlar mutaxassislar va tomoshabinlarda katta qiziqish uyg`otmoqda.





