Kecha, 29 mart kuni ko`pgina mashhur insonlar, xususan xonandalarimiz tomonidan Prezident saylovida ishtirok etib, o`z uchastkalarida ovoz berish jarayoni tushirilgan suratlar Instagram tarmog`i, shuningdek boshqa ijtimoiy saytlarda joylashtirildi.
San`atkorlar suratlar ostiga “Bizning to`g`ri saylovimiz – baxtli kelajagimiz”, “Har bir ovoz ahamiyatga ega. Baxtli kelajak, tinch hayotimiz, nurli kelajak uchun ovoz berdik”, “Mening tanlovim – mening prezidentim”, “Bu saylovlar mamlakatimizning taqdiriga kasbu korimiz, yoshimizdan qat`iy nazar har birimizga daxldor masala. Shunday ekan, yurtning buguni va ertangi kuni bilan bog`liq masala hal bo`ldigan saylovlarda har bir fuqaro faollik hamda mas`uliyat bilan ishtirok etishi zarur”, “Men o`z ovozimni berdim, siz ham shoshiling” kabi izohlar yozib qoldirishgan.





