Shifokorlar koronavirusning organizmda qancha yashashini ma`lum qilishdi

Salomatlik 13.03.2020, 11:38
Shifokorlar koronavirusning organizmda qancha yashashini ma`lum qilishdi

Yangi turdagi koronavirus organizmda 37 kun qolishi mumkin. Bunday xulosaga Xitoyning tibbiyot fanlari akademiyasi shifokorlari kelishgan.

O`tkazilgan tadqiqotlar infeksiya nafas yo`llarida qolib ketishi mumkinligini ko`rsatgan. Uning izlari virus yuqtirib olganiga 20 kun bo`lgan bemorlarda ham aniqlangan.

Olimlar koronavirusga chalingan 191 kishi, jumladan undan vafot etgan 54 kishining laboratoriya tahlillari va salomatligi haqidagi tibbiy yozuvlarni o`rganishgan. Ma`lumotlari o`rganilgan bemorlarning barchasi virus paydo bo`lish o`chog`i hisoblangan Uxan shahridagi ikkita shifoxonada davolangan. Taqqoslash uchun, 2003 yilda avj olgan atipik zotiljamda virusning kasallangandan keyin nafas yo`llarida 4 hafta davomida qolishi faqatgina 30 foiz bemorlarda qayd qilingan.

Olingan ma`lumotlar bemorlarni izolyasiya qilish va davolash davomiyligi bo`yicha tavsiyalarni tuzishda muhim bo`lishi mumkin.

Hozirda izolyasiyaning tavsiya qilinadigan davri 14 kunni tashkil qilmoqda. Ushbu muddat virus tarqalishining oldini olish uchun etarli deb taxmin qilinadi. Biroq agar sog`ayib ketgan bemorlar kasallik alomatlari yo`qolgandan bir necha kun keyin ham yuqumli bo`lib qolsalar, unda beixtiyor virusni boshqa odamlarga yuqtirishlari mumkin.   

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1