12 mart kuni Rossiya bir nechta mamlakatlarga koronavirusni tekshiradigan jihozlar to`plamlarini yuborganini ma`lum qildi. Bu haqda tarjimon sayti xabar berdi.
Rossiya davlat sog`liqni saqlash boshqarmasining bayonotida aytilishicha, Moskva sobiq Sovet Ittifoqi davlatlariga, jumladan, O`zbekiston va Ozarbayjonga, shuningdek Eron, Shimoliy Koreya va Mo`g`ulistonga 800 ta jihozlar to`plamlarini jo`natgan.
Rossiyaning ittifoqchisi bo`lgan Eron 500 ta to`plamni tekinga qabul qilib oldi. Bu jihozlar bilan 50,000 ta sinovlarni o`tkazish mumkin. Ayni paytda Eronda 9,000 odamda koronavirus borligi aniqlangan bo`lib, ularning 354 nafari halok bo`lgan.
Rossiyaning yana bir ititfoqchisi Shimoliy Koreyada hozirgacha COVID-19 ning birorta holati ham qayd etilmadi.
Ayni paytda Rossiyaning o`zida koronavirusni yuqtirib olganlar soni 28 kishini tashkil qilmoqda. Bemorlarning aksariyati yaqinda Italiyaga tashrif buyurgan odamlardir.