2016 yilda dunyo ekranlariga chiqishi mo`ljallanayotgan “X odamlar: O`tgan kelajak kunlari” filmida bosh qahramon rolini o`ynashi lozim bo`lgan Gollivud aktyori Xyu Jekman filmning bu qismida suratga tushmasligi mumkin. Bu haqda turli chet el ommaviy axborot vositalarida xabarlar tarqalgan.
Ushbu xabarlarga asos sifatida uning Instagram’dagi sahifasi orqali “Men Rassomaxa rolini oxirgi bor ijro etdim” deb yozgan so`zlarini keltirishmoqda.
Eslatib o`tamiz, Xyu Jekman 2000 yildan bunyo suratga olinib, dunyo ekranlarida katta talablar va olqishlar ostida namoyish etilayotgan “X odamlar” filmining barcha qismlarida o`zi bosh rol Rassomaxani ijro etib kelgan.
Uning nima sababdan bunday ma`lumot bergani ma`lum emas.





