1

Samarqandlik ayol jazmani bilan til biriktirib o`z erini o`ldirdi

Jamiyat 30.03.2015, 15:31
Samarqandlik ayol jazmani bilan til biriktirib o`z erini o`ldirdi

Samarqand viloyati Paxtachi tumani IIB xodimlari tomonidan o`z uyida o`ldirib ketilgan kishi jasadi topildi. Jasad kanalizasiya uchun qazilgan o`radan birida topilgan. Xabar qilinishicha, qotillikni uning xotini va u bilan ishqiy munosabatda bo`lib kelgan erkak tomonidan amalga oshirilgan, deya xabar beradi Kun.uz nashri podrobno.uz ma`lumotlari asosida.

Jazmanining eri bilan yaqin munosabat o`rnatgan begona erkak, ularning uyida tez-tez mehmon bo`lib turgan. Shunday kunlarining birida jazmanining erini spirtli ichimliklar ichirib mast qilgan va uning xotini bilan birgalikda qotillik sodir etishgan.

Jinoyatchilar jasadni hojatxona o`rasiga olib borib tashlab yuborishgan. Farzandlariga esa dadasini Qozog`istonga ishlash uchun ketganini uqtirishgan.

Mahalliy sud organlari mazkur ish yuzasidan o`ldirilgan shaxsning xotiniga 13 yil, uning jazmaniga esa 20 yil ozodlikdan mahrum etish jazosini qo`lladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1