Qozog`istonda ikki kishida koronavirus qayd etildi. Ularrning har ikkisi ham Germaniyadan qaytgan fuqarolardir, deb xabar bermoqda Tengrinews.
«Ma`lumki, biz uch oy davomida koronavirusga qarshi kurashdik. Uning kirib kelishini oldini olish bo`yicha barcha zarur choralarni ko`rgandik», — degan Qozog`iston sog`liqni saqlash vaziri Eljan Birtanov.