AsosiyDunyo

Eronda koronavirusdan vafot etganlar soni 429 kishiga etdi

'Eronda koronavirusdan vafot etganlar soni 429 kishiga etdi'ning rasmi

12 mart kuni Eronda koronavirusdan yana 75 kishi vafot etdi, deya xabar beradi sog`liqni saqlash vazirligi. Yaqin Sharqdagi virus eng yuqori darajada tarqalgan Eronda ayni paytgacha 429 kishi halok bo`ldi.

«Biz so`nggi 24 soat ichida 1,075 nafar kishida koronavirus borligini aniqladik. Bu bilan mamlakatda virusni yuqtirib olganlar soni 10,075 kishiga etdi. Qurbonlar soni esa 479 kishini tashkil qilmoqda” deydi Sog`liqni saqlash vazirligi vakili Kianush Jahanpur davlat televideniyasiga bergan intervyusida.

Ushbu kasallik Eronning yuqori lavozimli amaldorlari, siyosatchilari, ruhoniylari va inqilobiy qo`riqchilarning a`zolarini ham chetlab o`tmagan. Eronda birinchi infeksiya aniqlangan 19 fevraldan beri kamida etti nafar amaldor va siyosatchi vafot etdi.

Eronning rahbarlari maktablar va universitetlar yopilishiga hamda mamlakat bo`ylab diniy, madaniy va sport tadbirlarining to`xtatilishiga qaramay virus tarqalishining oldini olishda qiyinchiliklarga duch kelmoqda.

Eron rasmiylari bir necha bor odamlarni zarur bo`lmagan hollarda ko`chaga chiqmaslikka chaqirgan.

«Uydan chiqmang. Bozorlarga bormang. Siz ushbu maslahatimizga amal qilmay, bizning ishimizni yanada qiyinlashtiryapsiz «, dedi aholiga murojaat qilgan sog`liqni saqlash vaziri Said Namaki jonli efirda.

    Boshqa yangiliklar