AsosiyDunyo

Koronavirus tufayli barcha ta`lim muassasalari yopildi

'Koronavirus tufayli barcha ta`lim muassasalari yopildi'ning rasmi

Turkiya hukumati koronavirus pandemiyasi sababli barcha maktablarni 16 martdan boshlab 1 haftaga yopishga qaror qildi. Bu haqda Turkiya prezidenti boshchiligida o`tkazilgan yangi turdagi koronavirus tarqalishiga qarshi chora-tadbirlar to`g`risidagi yig`ilishda ma`lum qilingan.

Qayd etilishicha, maktablardagi bir haftalik dam olishdan so`ng 23 martdan boshlab o`quvchilar onlayn usulda ta`lim olishga o`tadi. Bundan tashqari, oliy ta`lim muassasalari ham ikki haftaga yopilishi ma`lum qilingan. Mamlakatda ommaviy tadbirlar o`tkazish ham taqiqlandi. Shuningdek, mutaxassislarning tahlillari va tavsiyalariga ko`ra sport musobaqalari ham aprel oyi oxirigacha tomoshabinlarsiz o`tishini ma`lum qilgan.

Eslatib o`tamiz, 11 mart kuni Turkiyada koronavirus bilan kasallanish bo`yicha dastlabki holat qayd etilgandi. Mamlakat fuqarosi Evropaga borganida koronavirusni yuqtirib olgan. Hukumat turoperatorlarga koronavirus tarqalishi munosabati bilan sayyohlik mavsumini boshlashga shoshilmaslikni tavsiya qilgan.

    Boshqa yangiliklar