Qozog`istonda qo`l berib ko`rishish va o`tkir respirator virusli infeksiya belgilari bor insonlar bilan muloqotdan qochish tavsiya qilindi. Bu haqda Tengrinews xabar bergan.
Saule Kisikova, Nur-Sulton shahri Jamoatchilik sog`lig`ini saqlash boshqarmasi rahbari:
— Asosiy e`tiborni shaxsiy gigienaga qaratish kerak. Qo`llarni yuvish, antiseptik vositalardan foydalanish va yo`talganda kerakli choralarni ko`rish lozim: xonani yaxshilab tozlash, tez-tez shamollatib turish. Uchrashuvlarda qo`l berib so`rashishni yig`ishtirish, o`tkir respirator virusli infeksiya belgilari bor insonlar bilan muloqot qilmaslik va ommaviy tadbirlarga bormaslikni tavsiya qilamiz. Bu umumiy tavsiya. Umid qilamizki, barcha qoidalarda rioya qilinsa, o`zingiz va atrofdagilar sog`lig`iga zarar etmaydi.
Kisikovaning ta`kidlashicha, shahardagi barcha tibbiyot muassasalarida shifokorlar tarkibiga koronavirus infeksiyasini qanday qilib qayd etish, shuningdek, xavfsizlik choralarini ko`rish bo`yicha seminar va treninglar o`tkazilgan.
Kisikova ushbu toifadagi shaxslarga tibbiy yordam ko`rsatadigan tibbiyot xodimlar epidemiyaga qarshi rejim va sanitariya-epidemiologiya talablariga muvofiq ravishda o`qitilganligini ma`lum qildi. Tibbiyot muassasalari to`liq dori-darmonlar, kerakli vositalar va individual himoya vosiyalari bilan ta`minlangan.
Shuningdek, Sog`liqni saqlash boshqarmasi rahbari Nur-Sultondagi shifoxonalarda koronavirus bilan kasallangan to`rt bemor davolanayotgani to`g`risidagi mish-mishlarni rad etgan.