Bir necha soat oldin Qozog`istonda koronavirus bilan bog`liq ikki holat qayd etilgani haqida rasmiy xabar berilgan edi. Ayni paytda Qozog`istonda virusga chalingan uchinchi bemor ham aniqlandi. Bu haqda qozoq matbuoti xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, uchinchi bemor – Italiyadan Nur-Sulton shahriga kelgan ayol. U samolyotdan tushiboq, karantinga olingan.
Ayni vaqtda u bilan bir samolyotda kelgan 90 kishining ma`lumotlarini aniqlash ishlari olib borilmoqda. Ularning barchasi koronavirus testini topshiradi.