AsosiyDunyo

Maldiv orollarida koronavirusga gumon qilingan sayyohlar uchun ilk kurort ochildi

'Maldiv orollarida koronavirusga gumon qilingan sayyohlar uchun ilk kurort ochildi'ning rasmi

Maldiv orollarida COVID-19 koronavirus infeksiyasi tashuvchisi bo`lishi mumkin bo`lgan sayyohlarni karantin qilish uchun dunyodagi birinchi kurort ochildi, deb xabar berdi «atorus.ru»  

Mehmonxona mamlakat poytaxtidan 24 kilometr uzoqlikda joylashgan Vilivaru orolida joylashgan bshlib, 10 kun ichida qurib bitkazildi.

Xabarga ko`ra, u erda tibbiyot xodimlari izolyasiyaga olinganlar uchun bepul xizmat ko`rsatadi, bu xizmatlar hukumat hisobiga moliyalashtiriladi.  

Mehmonxonadagi 30 ta xona yopiq ventilyasiya tizimi va havo tozalagichlariga ega. Uch martalik oziq-ovqat esa xonaga keltirib beriladi. Xona televizor va mini-bar bilan jihozlangan.

Ziyoratchilarning kelishi va mehmonlarning bir-biri bilan muloqot qilishi taqiqlanadi.

Boshqa yangiliklar