Stokgolm shahrida mashxur McDonald’s kompaniyasi taqdim etgan ajoyib kiyimlar ko`rgazmasi bo`lib o`tdi.
Ko`rgazmada namoyish etilgan kiyimlarning barchasida McDonald’s ramzi bo`lgan gamburgerlarning surati tushirilgan.
Ma`lumotlarga ko`ra, bundan keyin kompaniya tomonidan gamburgerlarning suratlari tushirilgan sport kiyimlari, oyoq kiyimlar, ko`ylaklar, yotoqxona uchun choyshablar va boshqalar ishlab chiqariladi. Bundan asosiy maqsad, haridorlarga McDonald’s kompaniyasining o`zlari sevgan boshqa mahsulotlari suratlari tushirilgan libos yoki boshqa jihozlariga ega bo`lishga ko`maklashish, deyiladi rrnews.ru nashri bergan xabarda.
Xabarlarga ko`ra, bu mahsulotlardan tushgan mablag`lar hayriya ishlari uchun sarflanadi. McDonald’s kompaniyasi namoyish etgan liboslar to`plami Madrid, London, Sidney kabi mamlakatlarda namoyish etib bo`lindi.