Koronavirus pandemiyasi bois Britaniya va AQSh birjalarida narxlar 1987 yilgi eng yomon ko`rsatkichlarga qadar tushib ketdi, deb xabar berdi BBCga tayanib xs.uz.
Nyu-York birjasidagi bu keskin pastlash oqibatida savdo to`xtatib qo`yildi.
Yana bir iqtisodiy inqiroz haqida taxminlar ko`payib bormoqda.
O`z navbatida dunyo bo`ylab sport musobaqalari bekor qilinmoqda. Natijada koronavirus jahon bo`ylab sport musobaqalariga katta zarar etkazdi. Chempionatlar to`xtatildi, o`yinlar tomoshabinlarsiz o`tkazilyapti. Olimpiada, Chempionlar ligasining finali va Evropa chempionati taqdiri nima bo`ladi, degan savolga javob yo`q.
Payshanba kuni kechqurun «Arsenal» futbol klubining bosh murabbiysi Mikel Arteta koronavirusga chalingani haqida ham xabar berildi.
Italiya 'cf Evropa mamlakatlari orasida koronavirusdan eng ko`p jabr ko`rgan davlatdir. Bu erda o`lim holatlari mingdan oshgan. Xitoyda esa qurbonlar soni 3 mingdan ortiq ekani aytilmoqda.
Evropa davlatlarida maktablar va oliy o`quv dargohlari yopilmoqda. Portugaliya, Fransiya, Irlandiya qatoriga Turkiya va Chexiya ham qo`shiladigan.
Avstriya Italiyadan keladiganlar uchun o`z chegaralarini yopdi.
AQSh Evropa bilan havo qatnovini chekladi.
Koronavirusga Kanada Bosh vaziri Jastin Tryudoning rafiqasi ham chalingani ma`lum bo`ldi.
Buyuk Britaniyada koronavirusga qarshi kurash ikkinchi bosqichga kirdi.
Bu virus tarqalishini imkon qadar sekinlashtirishdir.
"Epidemiya tugaganiga qadar, ko`plab oilalar o`z yaqinlaridan judo bo`lishadi... " dedi Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson.






