1

Vladimir Putin Islom Karimovni O`zbekiston Prezidenti saylovidagi natijasi bilan qutladi

Jamiyat 30.03.2015, 20:21
Vladimir Putin Islom Karimovni O`zbekiston Prezidenti saylovidagi natijasi bilan qutladi

Rossiya prezidenti O`zbekiston Prezidentiga saylovdagi g`alaba munosabati bilan tabrik telegrammasini yo`lladi.

Tabrik telegrammasida Rossiya davlat rahbari saylov yakunlari Islom Karimovning fuqarolar orasida yuksak obro`-e`tiborga egaligini yana bir bor tasdiqlashini va uning davlat rahbari lavozimidagi xizmatlarini, shuningdek mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojidagi dolzarb muammolarni echishda erishgan muvaffaqiyatlari tan olinganidan dalolat berishini qayd etgan.

Rossiya Prezidenti ikki mamlakat o`rtasidagi ittifoqchilik va strategik sherikchilik munosabatlarini mustahkamlashda O`zbekiston Prezidentining ulkan shaxsiy hissasini e`tirof etdi va ikki tomonlama aloqalarni, mintaqaviy va xalqaro ishlardagi konstruktiv o`zaro harakatni yanada rivojlantirishdagi muloqot va birgalikdagi ishlar davom ettirilishiga umid bildirdi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar beradi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1