Bugun, 31 mart kuni Peruning Ayakucho provinsiyasida yo`lovchi tashuvchi avtobus jarlikka qulab ketdi. Natijada 21 kishi nobud bo`ldi, 38 kishiga esa turli darajadagi tan jarohatlari etgan. Bu haqda TASS xabar beradi. Ayni damda YTHning sabablari aniqlanmoqda.
Eslatib o`tamiz, bu Peruda mart oyida sodir bo`layotgan ikkinchi yo`l transport hodisasidir. 23 mart kuni yo`lovchi tashuvchi avtobusning yuk mashinasiga urilib ketishi oqibatida 38 kishi hayotdan ko`z yumib, qariyb 85 kishi jarohatlangandi.