1

Rossiyalik bolakayning jomadonga solingan jasadi Bolgariyadan topildi (video)

Jamiyat 31.03.2015, 14:39
Rossiyalik bolakayning jomadonga solingan jasadi Bolgariyadan topildi (video)

Ayni damda Bolgariyada 5 yoshli bolakayning o`limi yuzasidan tergov surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deya xabar beradi Vesti.ru nashri.  

Rossiya fuqarosi bo`lgan ushbu bolakayning jasadi Parasel qishlog`idagi suv bo`yidan yotgan jomadon ichidan topilgan. Jomadon shu joydan o`tib ketayotgan yo`lovchilar tomonidan topib olingan. Bolakay mart oyining o`rtalarida o`ldirilgan. Shu bilan birga uning tanasida ko`plab pichoq izlari borligi aytilmoqda. Bolaning yo`qolganligi haqida polisiyaga hech kim murojaat qilmagan. Tahminlarga ko`ra, bolakayning onasi ham topilgan. Oila asli Rossiyaning Perm shahridan bo`lib, so`nggi vaqtlarda Bolgariyada istiqomat qilgan.

Bolgariya polisiyasi o`ldirilgan bolakay va uning tahminiy onasining suratlarini tarqatdi. Aniqlanishicha, 5 yoshli bolakayning ismi Nikita Leontev bo`lib, onasining ismi Anna Leonteva.

Aytish kerakki, yaqinlagina Bolgariyaning Primorsk shahrida noma`lum ayolning jasadi topilgan. Tasdiqlanmagan ma`lumotlarga ko`ra, bu ayol Nikitaning onasi bo`lishi ham mumkin. Hozirga qadar birinchi DNK ekspertizasi o`tkazildi, biroq ayolning Nikitaning onasi ekani o`z tasdig`ini topmadi. Endilikda ikkichi bor DNK ekspertizasi o`tkazilishi ko`zda tutilmoqda. Bolakayning otasi ham Rossiyalik ekani aniqlangan, biroq uning Bolgariyada bo`lgani tasdiqlanmagan. Ma`lumotlarga ko`ra, Bolgariya IIB ushbu qotillik yuzasidan bir qator tahminlarga ega, biroq jinoyatda gumon qilinayotgan shaxs yo`q. Qotillik yuzasidan Nikitaning onasi Anna Leontevaning mablag` bilan bog`liq ishlariga aloqador bo`lgan shaxs qidirilmoqda. Voqealar rivojini kuzatamiz.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1