AsosiySport

O`zbekiston terma jamoasi yirik hisobda Yaponiyaga imkoniyatni boy berdi

O`zbekiston Milliy terma jamoasi Yaponiyaga qarshi kechgan o`rtoqlik uchrashuvida 1:5 hisobida raqibiga imkoniyatni boy berdi, deya xabar beradi sports.uz nashri.

Birinchi bo`limning 6 daqiqasidayoq raqibimiz hisobni ochishga muvaffaq bo`ldi. Burchakdan uzatilgan to`pga Tashixiro Aoyamaegalik qildi va chamasi 25-27 metrlardan kuchli zarba yo`llab, Akbar To`raev qo`riqlayotgan darvozani aniq nishonga oldi. Birinchi bo`lim davomida Islom To`xtaxo`jaev va Sardor Rashidovda hisobni tenglashtirish uchun qulay vaziyatlar vujudga kelgandi, ammo, omad bizdan yuz o`girdi.

Ikkinchi bo`limda ham hamyurtlarimiz tezkor gol o`tkazib yuborishdi. 54 daqiqada Shinji Okazaki jamoadoshidan ajoyib uzatmani qabul qildi va “qaldirg`och” uslubida O`zbekiston terma jamoasi darvozasini ishg`ol qildi. Uchrashuv yakunlanishiga 10 daqiqa qolganda jamoalar ochiq o`yin namoyish qila boshlashdi. 80 daqiqada Shibasaki vakillarimiz xatosidan unumli foydalanib, deyarli maydon markazidan hisobni yirik ko`rinishga olib keldi. Bir daqiqa o`tar o`tmas Islom To`xtaxo`jaevhisobni qisqartirishga muvaffaq bo`ldi. Ammo, bu hali hammasi emasdi. 83 daqiqada Usami yaponiyaliklarga to`rtinchi golni olib kelgan bo`lsa, uchrashuv so`nggida Kavamata beshinchi golni kiritdi.

Shu tariqa Mirjalol Qosimov boshchiligidagi Milliy terma jamoamiz o`rtoqlik uchrashuvida Yaponiyaga yirik, 1:5 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Yaponiya – O`zbekiston – 5:1

Gollar: Aoyama (6), Okazaki (54), Shibasaki (80), Usami (83), Kavamata (90) – To`xtaxo`jaev (81)

Ogohlantirish: To`raev (50)

Yaponiya: Eydji Kavashima, Asuto Uchida (Nizumoto, 46), Masato Morishige, Gen Shoji, Gotoku Sakai, Toshixiro Aoyama, Yasuyuki Konno (Otta, 46), Takashi Inui (Usami, 63), Keysuke Xonda (Osako, 72), Sindzi Kagava (Shibasaki, 69), Sindzi Okadzaki.

O`zbekiston: Akbar To`raev, Anzur Ismoilov, Islom To`xtaxo`jaev, Shuhrat Muhammadiev (Akmal Shorahmedov, 74), Aleksandr Merzlyakov (Sardor Mirzaev, 59), Aziz Haydarov, Lutfulla To`raev (Shavkat Mullajonov, 84), Sanjar Tursunov (Farrux Sayfiev, 59), Sardor Rashidov, Vohid Shodiev (Zohir Qo`ziboev, 46), Bahodir Nasimov.

 

    Boshqa yangiliklar