Toshkentdagi Abdulla Qodiriy shoh ko`chasi va Qori Niyozov ko`chasini birlashtiruvchi yo`l ochildi. Bu haqda kun.uz nashri 12news.uz nashri ma`lumotlari asosida xabar bermoqda.
Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhi a`zolarining ma`lum qilishicha, Darxondan Yunusobodga olib chiqadigan qisqa yo`l ochilganini ma`lum qilishdi.
UZ24’ning xabar berishicha, endi haydovchilar Darxon dahasidan Yunusobodga o`tish uchun, bir necha kilometr yo`l bosib, Oloy bozori orqali harakatlanishlari shart emas.
Bundan tashqari, Q. Niyozov ko`chasining qarama-qarshi tomonida Markaz-2 mavzesiga kirish yo`li ochilgan (avvallari bu erga 500 metr masofada joylashgan qayrilish joyidan kirish mumkin edi, xolos).
Shuningdek, Mahatma Gandi ko`chasiga to`g`ridan-to`g`ri kirish yo`li ham ochilgan.





