AsosiyJamiyat

“Hududiy elektr tarmoqlari”ning masofaviy xizmat turlaridan foydalaning

'“Hududiy elektr tarmoqlari”ning masofaviy xizmat turlaridan foydalaning'ning rasmi

Mamlakatimizda koronavirus tarqalishini hamda uni yuqtirib oluvchilar sonining ko`payib ketmasligini oldini olish maqsadida hukumatimiz tomonidan ko`rilayotgan tegishli chora-tadbirlarga muvofiq, ehtiyot chorasi sifatida aholining uyda qolishi va zarur bo`lmagan holatlarda odamlar ko`p to`planadigan joylarga chiqmasligi maqsadga muvofiqligi tavsiya etilmoqda. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Shuningdek xabarda, Hududiy elektr tarmoqlari” AJ barcha yurtdoshlarimizga mustahkam sog`lik tilagan holda, o`zining bir qator masofaviy xizmat turlari va iste`mol qilingan elektr energiyasi uchun to`lovni amalga oshirish imkoniyatlari borligini eslatib o`tgan.

Xususan, Jamiyatning rasmiy veb-sayti www.het.uz orqali zarur ma`lumotlarni olishlari mumkin. Bularga elektr energiyasi iste`molchilarining o`z shaxsiy hisob raqamlari orqali iste`mol qilingan elektr energiyasi miqdori, qoldiq to`g`risida va boshqa ma`lumotlarni beruvchi “Elektrohisob” dasturini misol qilish mumkin.

Ta`kidlash joizki, iste`molchilarning foydalanilgan elektr energiyasi uchun mamlakatimizda mavjud barcha to`lov tizimlari hamda banklarning mobil ilovalari orqali uydan chiqmasdan turib to`lovlarni amalga oshirish tizimi yaratilgan. Shu munosabat bilan fuqarolarimizdan elektr tarmoqlari va bank kassalariga tashrif buyurmasdan to`lovlarni amalga oshirishlarini so`raymiz. Elektr energiyasi bilan bog`liq muammo, kamchilik va takliflar bilan boshqaruv raisining “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ bilan muloqot https://t.me/hetmuloqot kanaliga murojaat qilishlari mumkin. Bugungi kunda respublika bo`ylab jamiyatning 1154 qisqa raqamli Call- markazi tunu kun ishlamoqda. Yuridik shaxslar  www.het.uz saytida shaxsiy kabinet orqali hisob raqamlarini kiritib, o`z shaxsiy hisob raqamlari holati to`g`risidagi ma`lumotlarni olishlari hamda foydalanilgan elektr energiyasi uchun ma`lumotlarni hisobot shaklida yuborishlari mumkin.

 

    Boshqa yangiliklar