Rossiya Federatsiyasi Afg‘onistondagi “Tolibon” rejimini rasman tan olgan dunyodagi birinchi davlat bo‘ldi. Bu haqda Afg‘oniston Tashqi ishlar vazirligi bayonotiga tayangan holda TASS va Reuters agentliklari xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Moskvadagi Afg‘oniston elchixonasida birinchi marta “Tolibon” hukumatining ramzi bo‘lgan bayroq ko‘tarildi. Afg‘oniston tashqi ishlar vazirligi bildirishicha, Rossiya elchisi uchrashuv chog‘ida rasman ushbu qarorni e’lon qilgan va uni “tarixiy qadam” sifatida baholagan.
Eslatib o‘tamiz, “Tolibon” harakati 2003 yildan beri Rossiyada terroristik tashkilot sifatida tan olingan edi. Biroq AQSH qo‘shinlari Afg‘onistonni tark etganidan so‘ng va taliblar hokimiyatni egallaganidan keyin Kreml ular bilan ochiq muloqot yo‘lini tutdi.
Shu tariqa, Rossiya “Tolibon”ni rasman tan olgan birinchi davlatga aylandi.